Kartoshka nafaqat to‘yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o‘ziga xos. Uning tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.

Kartoshkachilik sohasini rivojlantirish hamda yangi navlar yaratish bo‘yicha Jahon kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda ishlanmoqda va botanik urug‘lardan kartoshka yetishtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligidagi umumiy qiymati 195 ming dollar bo‘lgan loyiha 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.    

Loyihaning asosiy maqsadi, kartoshka ishlab chiqarish sohasi salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bunga navlarni ro‘yxatga olish va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishini modernizatsiyalash, yuqori sifatli kartoshka ishlab chiqarishni rivojlantirish va tayyor mahsulotlarni omborxonalarda saqlash sharoitlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega.  

Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshodbek Nazirov ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida hozirgi kunda pomidor, osh lavlagi, shirin qalampir, shirin makkajo‘xori, qovun, qovoq, tarvuz, kabachki, patisson kabi sabzavot va poliz ekinlarining yangi navlarini yaratish ustida selekssiya ishlari hamda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda zamonaviy, innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.  

Shuning samarasi ularoq, birgina 2023 yilda ilmiy tajriba stansiyasida 8 gektar maydonda kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, gektariga o‘rtacha hosildorlik 35-40 tonnani, yuqori hosildorlik esa 50-52 tonnani tashkil qilmoqda. Ilmiy tajriba stansiyasida kartoshka hosildorligi yildan yilga oshib bormoqda.    

Buning asosiy sababini almashlab ekishning to‘g‘ri yo‘lga quyilgani, kartoshka etishtirishda o‘tmishdosh ekinlar to‘g‘ri tanlangani, ekish muddati, me’yoriga rioya qilinishi, eng asosiysi, kartoshka yetishtirishda innovatsion yondashib, sug‘orish va o‘g‘itlashning, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish usullari orqali bir paytda o‘tkazilgani, o‘simlikning o‘suv davrida 2-3 bor tarkibida mikro va makroelementlar mavjud bo‘lgan ozuqalar bilan suspenziya qilinganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.  

Dalalarda yetishtirilgan kartoshka hosili 50-52 tonnani tashkil qilib, kartoshka tuganak vazni 2-2,2 kilogrammgacha kelmoqda. 2023 yil hosili uchun 11 gektar maydonda kartoshkaning “Bog‘izog‘on”, “Ranomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari yetishtirilgan.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, kartoshkaning O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi davlat reyestriga kiritilgan, shundan 19 tasi mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand dalalarida vazni 2,2 kilogrammli kartoshka yetishtirilmoqda