Qarshi shahridagi “Asian Golden Oil” mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘p tarmoqli bo‘lib, bug‘doyni qayta ishlash, un mahsulotlari, shuningdek, kungaboqar va chigitdan o‘simlik yog‘lari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Korxona bir kunda 250 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega va nafaqat respublikamiz, balki mintaqa bozorida yuqori sifatli mahsulotlari bilan tanilgan. Bu yerdagi zamonaviy laboratoriyalar mahsulotlarning sifatini doimiy nazorat qilib, ularning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlayotir. Ishlab chiqarilgan un mahsulotlari novvoyxonalar, makaron zavodlari va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun asosiy xomashyo sifatida ishlatilmoqda.
[gallery-21805]
Bundan tashqari korxonada zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlanayotgan kungaboqar va paxta yog‘lari foydali xususiyatlarini saqlab qolgani bilan xaridorgir.
Korxona ijtimoiy dasturlarni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ekologik loyihalar va xayriya tadbirlarida ishtirok etish MCHJ faoliyatining muhim qismidir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/q8gRE4gBfoA?si=1yoJHHGtdKn-WtiM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid NORQBILOV(surat,video),O‘zA