Samarali boshqaruvning yuksak natijalari
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan seminarda mamlakatimiz kompaniyalarining raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan samarali korporativ boshqaruvga bog‘liq ekani haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan seminarda mamlakatimiz kompaniyalarining raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan samarali korporativ boshqaruvga bog‘liq ekani haqida so‘z yuritildi.Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, davlat tashkilotlari, aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar, konsalting kompaniyalari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Seminarda bugungi kunda O‘zbekistondagi deyarli barcha yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani ta’kidlandi. Korporativ boshqaruv uslublari joriy etilgan kompaniyalar safi kengayib, ular milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilishda muhim o‘rin tutmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 24-apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirda boshqaruvning turli tashkiliy tuzilmalari, aksiyadorlik jamiyatlarida lavozim majburiyatlarini taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari hamda xodimlarga qo‘yiladigan talablar, lavozim yo‘riqnomalarini tuzish masalalari muhokama etildi.
– Har qanday yirik kompaniyani rivojlantirish zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishni talab etadi, – deydi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish direksiyasi yetakchi mutaxassisi Karina Abdukarimbekova. – Shu bois aksiyadorlik jamiyatimizda HR-menejment prinsiplari keng qo‘llanilmoqda. HR-menejment xodimlarimiz mehnat faoliyatini oqilona va yanada samarali tashkil qilish imkonini berayotir.
Seminar ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.