Samimiy qutlovlar
Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.Jumladan:
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obama;
Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noyif bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi raisining ikkinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
O‘mon Sultoni Qobus bin Said;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy o‘z tabriklarini yo‘llaganlar.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.