Poytaxtimizda O‘zbekistonda salomatlik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, JSST, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, salomatlik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini tuzish jarayoni barcha bosqichlarda inklyuziv va samarali ko‘p tarmoqli muvofiqlashtirishni talab qiladi. JSSTning turli xil texnik guruhlari bilan uyg‘unlikni ta’minlashda va mamlakatlar salohiyatini oshirish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eOnFfXHa1FQ" title="Salomatlik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyiha taqdimoti oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Salomatlik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi sog‘liqni saqlashning milliy, mintaqaviy va global xavfsizligiga erishish uchun favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tayyorgarlik, javob berish va tiklash sohasidagi milliy salohiyatni rejalashtirish, yaratish, mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash uchun juda muhimdir.
Ushbu strategik asos salohiyatni oshirish tashabbuslari uchun birlashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
M.Qosimova, O‘zA