Har yili dunyo bo‘ylab minglab odamlar quturish kasalligi qurboniga aylanadi. Bu — o‘ta xavfli virusli xastaliklardan biri bo‘lib, oqibati deyarli hamisha o‘lim bilan tugaydi.
Afsuski, bu xatarni hamma ham jiddiy qabul qilavermaydi...
Quturish kasalligi hayvonlar so‘lagi orqali yuqadi. Eng ko‘p yuqtiruvchi hayvonlar — itlar, mushuklar va yovvoyi hayvonlardir. Ko‘p hollarda kasallik tishlash orqali yuqadi, lekin tirnalgan
joyga virusli so‘lak tushsa ham, yuqish xavfi yuqori. Virus inson tanasiga kirgach, asab tolalari orqali miyaga yetib boradi va uni shikastlaydi.
Ilk belgilari paydo bo‘lgunicha, kasallik juda maxfiy kechadi. Biroq, bu belgilar namoyon bo‘lgandan so‘ng kasallikni to‘xtatishning iloji qolmaydi.
Shu bois — tishlash yoki tirnalishdan keyin zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi, vaqtni boy berish — o‘limga teng xato bo‘lishi mumkin. Quturish kasalligiga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li esa — bu profilaktika.
Bunda eng katta vazifa hayvon egalarining zimmasida!
Fuqarolarning o‘zlari boqadigan it va mushuklarni vaqtida emlatishlari, ko‘chadagi noma’lum hayvonlardan ehtiyot bo‘lishlari — avvalambor, o‘zlari va farzandlarining sog‘lig‘i uchun juda muhim.
Batafsil “Salomat bo‘ling” loyihasida:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/0NLIDe5L8_s?si=EltivnlcxqvOV092" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA