4 sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanib, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi.

Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! 

4 sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanib, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Umumta’lim maktablarida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida mustaqillik darsi bo‘lib o‘tdi.

...Jajji Mubinaning barcha bolalar kabi bugun shodligi cheksiz. Hali o‘qish boshlanishiga ancha kun bo‘lsa-da, u avvaldan maktab sumkasi, daftar, kundalik, o‘quv anjomlarining barini shaylab qo‘ygan. Anchadan beri orziqib kutilgan, biroq juda davomli tuyulgan yozgi ta’til nihoyaladi. O‘quvchilarning kutganicha bor. Negaki, maktab – barcha bolalar uchun quvonch, mehridaryo ustozlar, qadrdon sinfdoshlaru o‘rtoqlar jam bo‘ladigan mehr, bilim, ma’rifat maskani.

6.jpg

12.jpg

4.jpg

Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi keng nishonlanishiga hamohang boshlangan mazkur yangi o‘quv yili shunisi bilan ahamiyatliki, bugungi kunda maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, o‘qitish sifatini butkul yangicha asosda yo‘lga qo‘yish, pedagoglar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 23 avgust kuni o‘tkazilgan vedeoselektor yig‘ilishi davomida maktab ta’limiga doir eng muhim vazifalar, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolar atroflicha muhokama etildi. Ularning yechimlari birma-bir qayd etib o‘tildi. Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga qaramay o‘qitish sifati, pedagoglarning kasbiy malaka va mahorati, o‘z ustida izlanmay qo‘ygani ro‘y-rost aytildi. Mavjud dolzarb masalalarning yechimi aniq, batafsil belgilandi. Yoshlar kelajagiga befarqlik ertangi kunimizga, yurtimiz taqdiriga befarqlik ekani qayta-qayta e’tirof etildi.

8.jpg

5.jpg

14.jpg

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Gullar, alvon tasmalar, rangin sharlar bilan bezatilgan maktabning hovlisiga qadam qo‘ygan borki, bolaligi, maktabini, bilim bergan birinchi o‘qituvchilarini yodga olishi, bugunning o‘quv maskani bilan taqqoslashi, hozirgi o‘g‘il-qizlarga havas qilishi shubhasiz. Erta tongdanoq maktab hovlisida bilimga chanqoq o‘quvchilar, ustozlar, mahalla faollari, ota-onalar jam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va boshqalar ta’lim-tarbiyadagi islohotlar o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxshilash, bolalarga puxta va mukammal bilim berish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga qaratilganini alohida ta’kidladi.

11.jpg

7.jpg

15.jpg

Mamlakatimizda maktablar tizimini rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan mablag‘, imkoniyat, zarur barcha sa’y-harakatlar safarbar etilayotir. O‘qituvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini qadrlash, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha barcha sharoitlar muhayyo etilmoqda. Bu esa pedagoglarni yanada ko‘proq mas’uliyat va izlanishga undamoqda.

Ma’rifiy jabhadagi tub o‘zgarishlar ushbu maktab hayotida ham o‘z ifodasini topmoqda. Prezidentimiz joriy yilning 10 may kuni mazkur bilim maskani faoliyati bilan tanishish asnosida bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishi, o‘quv binolarining o‘g‘il-qizlar miqdoriga mutanosibligini ta’minlash, o‘quvchilaru pedagoglar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan muhim topshiriqlarni bergan edi.

16.jpg

19.jpg

21.jpg

O‘tgan qisqa fursat davomida maktabda ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Ko‘rkam va yangi ikkita o‘quv binosi qad rostladi. Sport majmualari, futbol maydonchasi, faollar zali bunyod etildi. Qo‘shimcha kompyuter sinflar, lingafon xonalari, laboratoriya kabinetlari, psixolog, ma’naviyat va ma’rifat xonalari bunyod etildi. Keng va shinam sinfxonalar zamonaviy jihoz va uskunalar bilan ta’minlandi. Bularning bari ustoz va murabbiylarni yanada ko‘proq g‘ayrat bilan bolalarga ta’lim-tarbiya berishga chorlashi shubhasiz.

Maktab direktori Saodat Malikovaning aytishicha, endilikda 2900 nafar o‘g‘il-qiz ushbu o‘quv maskanida bemalol bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

– O‘qitish jarayoniga erkak pedagoglarni jalb etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbus bizning maktabda ham keng quloch yozdi, – dedi fizika fani o‘qituvchisi Ilhom Rasulov. – Bolalar o‘qishga ancha mas’uliyat bilan yondashib, bilim olishga astoydil intilmoqda. Hozirda matematika, kimyo, jismoniy tarbiya kabi fanlar bo‘yicha ham erkak o‘qituvchilar dars bermoqda. 

– O‘g‘lim Islombek maktabini yanayam yaxshi qadrlay boshladi, – dedi Gulnora Sodiqova. – Negaki, chiroy ochgan bu maskanda bilim olish, sport, turli to‘garaklarga qatnashish bolalarga faxr bag‘ishlaydi. 

...Mustaqilligimizni, jonajon O‘zbekistonimizni, yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangraydi. Sport to‘garagiga qatnovchi qizlarning chiqishi olqishlar bilan kutib olindi. 1-sinfga endigina qadam qo‘ygan bolajonlar maktab, kitob, ustoz, Vatan, ota-onalarga bag‘ishlangan she’rlarini gohi tutilib, gohida esa biyron yod oldilar. Shunday ko‘rkam maktabni barpo etgan quruvchilarga, bunyodkoru, montajchi, qo‘li gul ustalar, ishchilarga tashakkur aytdilar. 

Yuraklarni orziqtiruvchi birinchi qo‘ng‘iroq sadolari chalindi. Bolalar sinflari sari yo‘l oladilar. Ularni bilimlarning cheksiz dunyosi, mehribon ustoz va murabbiylar, muttasil izlanish va intilish, mashaqqatlarni munosib yengish, odamiylik, halollik, vatanparvarlik sabog‘i kutmoqda.

– Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan bolalarning puxta bilim olishi, o‘z Vataniga, xalqiga sodiq insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda, – dedi xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov o‘quvchilar bilan muloqot chog‘ida. – Shunday ajoyib imkoniyatlarning qadriga yetishga, darslarda faol bo‘lishga, o‘qish, izlanishdan charchamaslikka siz aziz bolajonlarni chorlayman. 

Barcha bilim maskanlarida bo‘lgani kabi bu yerda ham ilk saboq - Mustaqillik darsi “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!“ shiori ostida o‘tkazildi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan jajjilarga Prezidentimizning sovg‘alari topshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 4 sentabr kuni 620 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan 13 ming nafar bola o‘z uyida ta’lim olishni boshladi. An’anaga ko‘ra, ularga yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alari – o‘quv-qurollari topshirildi.

2019 yili 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi. Shu bilan birga barcha ta’lim muassasalariga darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va badiiy adabiyotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maktab mebellari, o‘quv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa tovar-moddiy boyliklari Xalq ta’limi vazirligi taqsimotlariga asosan yetkazib berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salom, qutlug‘ maktab, mo‘tabar dargoh