“Salom, eski videoingni ko‘rib kulguga to‘ldim” (+video)
Bugun telegram messenjerida onlayn firibgarlikning yana bir yangi usuli tarqaldi. Ya’ni endi, jinoyatchilar foydalanuvchilarni aldash uchun "Salom, bu suratda senmisan?" yoki “Salom, eski videoingni ko‘rib, kulguga to‘ldim” kabi yolg‘on xabar va virusli fayllarni yuborishmoqda.
Agar sizga ham shunday xabar kelgan bo‘lsa, zinhor uni ocha ko‘rmang. Aks holda, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz firibgarlarning qo‘liga o‘tib, ular o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida foydalanishlari va karta mablag‘laringizni yechib olishlari mumkin.
Bundan tashqari, shaxsiy ma’lumotlaringizning firibgarlar qo‘liga o‘tishi boshqa salbiy oqibatlarga ham olib kelishi ehtimoli yuqori...
IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi rahbari — Behzod Mamajonov bu yuzasidan ma’lumot berdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gGIS4aL1zQM?si=eMdOdaZA05sxl-4v" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov(video), O‘zA