Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filialida 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda filial mas’ullari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda filialning ijrochi direktori Shavkat Abdukomilov joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.   

Qayd etilganidek, mamlakatimiz ravnaqida oliy ta’limning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Bunda yoshlarni bilimli va salohiyatli kadrlar etib tayyorlashda professor-o‘qituvchilarning mehnati beqiyos. Tadbirda filial pedagoglarining bu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari yuqori baholandi.   

Hozirgi kunda filialda talabalar “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalari”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi” hamda “Elektr energetikasi va elektrotexnika” yo‘nalishlarida ta’lim olmoqda.   

– Joriy yil filialimiz uchun samarali yil bo‘ldi. Bir qator muhim loyihalarni amalgaoshirdik va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida qadam tashladik. Asosiy maqsadimiz talabalarga chuqur bilim berish va ularni nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar sifatida tayyorlash. Shu sababli, dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Talabalarimiz Toshkent issiqlik elektr stansiyasi, Yadro fizikasi instituti va “O‘zbekkimyomash zavodi”da amaliyot o‘tayapti. Bu esa ularning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘tkazilgan tadbirda bu bo‘yicha bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi, – dedi filialning ijrochi direktori Sh.Abdukomilov.  

Yig‘ilish yakunida faol o‘qituvchi va xodimlar rahbariyat tomonidan e’tirof etildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.   

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salohiyatli kadrlar tayyorlash – oliygohning asosiy maqsadi