Salmon Rushdiy AQSHda hujumga uchradi
Britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiy g‘arbiy Nyu-Yorkdagi “Chautauqua” institutida ma’ruza qilish uchun sahnaga chiqqan payti noma’lum shaxs hujumiga uchradi.
“Associated Press” agentligi xabar berishicha, kimsa Rushdiyga pichoq bilan hamla qilgan chog‘i xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Politsiya departamenti hodisaga aniqlik kiritishicha, yozuvchiga pichoq sanchilgan.
U vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan.
Huquq idoralari gumonlanuvchi shaxsni aniqladi, u 24 yoshli Nabi Matar, deya xabar tarqatdi “Reuters”.
Jabrlanuvchi ko‘zidan ayrilishi mumkin. Qolaversa, adibning qo‘lidagi asab tolalari uzilgan, jigari shikastlangan.
2012 yil Eronning “15-Khordad Foundation” diniy jamg‘armasi yozuvchini o‘ldirganga 3,3 million dollar mukofot puli belgilagan. Shundan so‘ng Britaniya hukumati Rushdiyni himoyaga olgan edi.