Ozarbayjonga borgan odam salkam 4 ming yildan buyon oʻchmay yonayotgan Yonartogʻni bir koʻrmoqlikni orzu qiladi.

Ozarbayjonga borgan odam salkam 4 ming yildan buyon oʻchmay yonayotgan Yonartogʻni bir koʻrmoqlikni orzu qiladi. Bokudan 27 kilometr uzoqlikda Kaspiy dengizi Apsheron yarim orolida joylashgan Yonartogʻ bugungi kunda ham dunyo sayyohlarini oʻziga rom etib keladi.

Hozirgacha bunday moʻjiza dunyoning 3 nuqtasi – Iroqda “Baba Gurgur”, Turkmanistonda “Doʻzax darvozasi” va Ozarbayjonda xalq tilida “Yanardagʻ” nomlari bilan maʼlum va mashhur.

Снимок.PNG  

Hikoya qilayotganimiz Yonartogʻ haqida Aleksandr Dyuma va Marko Polo ham oʻz asarlarida tilga olgan. Ozarbayjon Geologik xizmatining maʼlum qilishicha, olovning yonishiga asosiy sabab yer poʻstlogʻiga yaqin joylashgan gazlarning uzluksiz yer yuziga sizib chiqishi. Mahalliy xalqning aytishicha esa bundan 200-300-yil oldin olovning tili 2-4 metrgacha koʻtarilgan. Bokuda neft qazib olina boshlagach olov pasayishi kuzatilgan va aksariyat qismi oʻchgan. Bungacha qadimda otashparastlik namoyondalari Yonartogʻni ilohiylashtirib, unga sajda ham qilishgan. Ular uchun ibodatxonalar, karvonsaroylar ham qurilgan.

Снимок22.PNG

Faqatgina 2007-yilga kelib Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra 64,55 gektar yerda tarixiy-madaniy va tabiiy davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan. 2018-yili qoʻriqxonada rekonstruksiya ishlari boshlanib, 2019-yil 12-iyunda yangilangan Yonartogʻning ochilish marosimi sayyohlar ishtirokida oʻtkazilgan.

Tabiatning har qanday moʻjizasi oldida inson aql zakovati ojiz va loldir. Yonartogʻ ulardan biri.

Ozoda Bekmurodova,
Ozarbayjon. Boku shahri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salkam 4 ming yildan buyon oʻchmaydigan olov yoki Yonartogʻ haqida