Saka, Rays, Madueke va yana 5 nafar futbolchi Angliya terma jamoasini tark etdi
Inglizlar 31-mart kuni o‘z maydonlarida Osiyo grandi Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Angliya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahsdan so‘ng tarkibda katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda.
"Uch sherlar" qarorgohini 8 nafar futbolchi tark etgan. Jon Stouns, Adam Uorton, Noni Madueke, Deklan Rays va Bukayo Saka o‘z klublariga ixtiyoriga qaytadi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Bundan tashqari, Domenik Kalvert- Lyuin, Aaron Remzdeyl va Fikayo Tamori ham Angliya terma jamoasini qarorgohidan ketgan. Inglizlar 31-mart kuni o‘z maydonlarida Osiyo grandi Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 23:45da start olishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi.