Saidova Ozoda Toxirovnaning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida
Saidova Ozoda Toxirovnaning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 11-sentyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
ye-mail: kengash@edu.uz