Saidganiyeva Shaxodatxon Talatbek qizining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Amarant o‘simligining zararli entomofaunasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish” mavzusida
Saidganiyeva Shaxodatxon Talatbek qizining 06.01.09–O‘simliklarni ximoya qilish ixtisosligi bo‘yicha “Amarant o‘simligining zararli entomofaunasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01 raqamli Ilmiy kengashining 2025-yil 24-fevral soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111202, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Botanika M.F.Y., PSUEAITI.
Tel.: (+99878) 150-62-84;
faks: (+99871) 150-61-37;
e-mail: paxtauz@mail.ru