Sahnada yapon ertagi
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida yapon dramaturgi Dzyundzi Kinositaning “Turna parlari” nomli kunchiqar yurt ertagi asosida yangi pyesa sahnalashtirildi.
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida yapon dramaturgi Dzyundzi Kinositaning “Turna parlari” nomli kunchiqar yurt ertagi asosida yangi pyesa sahnalashtirildi. Pyesani rejissyor Omongeldi Xudoynazarov sahnalashtirdi.
Asarda jarohatlangan turnani asrab qolgan inson haqida soʻz boradi. Voqealar insoniylik, mehr-muhabbat tuygʻularini nafsga, boylikka boʻlgan hirsga alishgan yigitning baxtsizligidan soʻzlaydi. Bu pyesa badiiy qimmati, tarbiyaviy ahamiyati kattaligi bilan muhimdir. Turna jarohati tuzalgandan soʻng sohibjamol qizga aylanadi. Oqkoʻngil va vijdonli yigit qizni sevib qoladi. Lekin, pyesa qahramoni Yoxio doʻstlari Sodo va Undzuning notoʻgʻri maslahati sabab, insoniylik fazilatlarini pulga sotadi.
Rollarni aktyorlar Salomat Arziyev, Nargiza Xoʻjambergenova, Fozilbek Toʻlaganov, Jumaboy Berdibekov katta mahorat bilan ijro etishdi. Spektakl barcha tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi.