Shu kunlarda Samarqand shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining mamlakat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bugun viloyat musiqali drama teatrida “Turon” maktab teatri" tanlovining bu yilgi yakuniy bosqichi boshlandi.  

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida madaniyat va san’atni rivojlantirish, iqtidorli bolalarni aniqlash hamda ularning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovning quyi bosqichlari yurtimizning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazildi. G‘olib bo‘lgan 14 jamoa Samarqandda o‘z mahoratini ko‘rsatib, g‘oliblik uchun sahnaga chiqmoqda.

Tanlovning respublika bosqichiga chiqqan 14 ta jamoa tanishtirilgach, birinchi shart – “Bizning maktab” bo‘yicha o‘zlari ta’lim olayotgan maktab haqida ma’lumot berishni boshladi. “Teatr – ibratxona” deb nomlangan ikkinchi shartda jamoalar biror sahna asaridan parcha namoyish etishlari lozim.

Jamoalarning chiqishlarini mamlakatimiz teatr san’atining yetuk vakillari, tajribali aktyorlar baholab bormoqda.

– Sahnada tanish-bilish ketmaydi, – dedi O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova. – Ustozlar aytganidek, sahna bu muqaddas dargoh. Unga xiyonat qilinmaydi. Ishtirokchilarning maktab o‘quvchilari ekanini hisobga olgan holda iqtidoriga qarab baholaymiz va ularga omad tilaymiz.

[gallery-23944]

Toyloq tumanidagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Barkamol avlod” jamoasi Samarqand viloyati maktab jamoalari orasida birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma olgan.  

– Jamoamizda 11 nafar o‘quvchi bor, – deydi jamoa ustozi, o‘qituvchi Zarina Parmonova. – Tanlovga Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar” asari asosida yaratilgan spektaklni tayyorlab kelganmiz.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahnada maktab o‘quvchilari