Sag‘dullayev Otabek Qo‘drat o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida moddalarning g‘ovak muhitlarda ko‘chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusida
Sag‘dullayev Otabek Qo‘drat o‘g‘lining 05.01.07 - “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida moddalarning g‘ovak muhitlarda ko‘chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-oktabr soat14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 1001174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy.
Tel.: (+99878) 227-12-24
e-mail: nauka@nuu.uz