Safayev Sanjarbek Zafarbek o‘g‘lining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni shahar hududiga ajratilishida yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish” mavzusida
Safayev Sanjarbek Zafarbek o‘g‘lining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni shahar hududiga ajratilishida yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish” mavzusidagi 06.01.10 – “yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.05/04.03.2022.QX.13.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashining 2023-yil 25-fevral soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, universitet ko‘chasi 2 - uy, Toshkent davlat agrar universiteti
Tel: (+99871) 260-48-00 Faks: (99871) 260-38-60
E-mail: tuag-info@edu.uz