Sadriddin Ayniy vaqt o‘tgan sayin ijodiyotning qadr-qiymati ortib, teranlik sirlari kengroq, chuqurroq kashf etiladigan qalam sohiblaridan sanaladi.
Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi”, “Esdaliklar” kitobi manaman degan ulug‘ bir iste’dodning shon-shuhratini jahonga taratish va muallifiga badiiy haykal o‘laroq boqiy yashash qudratiga ega, desa aslo xato bo‘lmaydi. Bunga aniq ishonmoq uchun esa ushbu ikki nodir kitobni jahonning qaysi xalqlari tillarga tarjima qilinganligini xayoldan o‘tkazish kifoya.
Ayniyning ilmiy-ijodiy merosini adbiyot, tarix, pedagogik yoki adabiyotshunoslik nuqtai nazaridangina emas, balki tilshunoslik jabhasidan ham baholash lozim bo‘ladi. Ayniyning ulug‘ligi ham, tengsizligi ham ana shunda.
Ayniy ilm va ijod uchun tug‘ilganligini bilar, shuning uchun butun kuch-quvvati, qobiliyatini ilm-fan, adabiyot ravnaqiga bag‘ishlagandi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniyga bag‘ishlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/F66QCwC4Q-s?si=iEsqdNwiGayRppY4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA