Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi joriy yilning 16 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Unda 2025 yilda tashkil etilgan yirik futbol musobaqalari, xususan, U-17 va U-20 yosh toifalaridagi Osiyo kubogi va qit’a miqyosidagi xalqaro turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan eng yaxshi futbolchi va murabbiylar hamda rasmiylar taqdirlanadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, taqdirlanadigan nomzodlar orasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" yo‘nalishi bo‘yicha da’vogarlik qilmoqda. Unga ushbu yo‘lda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sadriddin Hasanov joriy yil Saudiya Arabistonida o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadriddin Hasanov Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar