Oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlashda agrar sohada aholining tashabbuslari ommalashib borishi natijasida aholining daromadlari ham oshib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yanada kengaymoqda.

Hozirda deyarli har bir hudud iqlim sharoiti va imkoniyati asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda katta tajriba to‘plangan. Bu orqali nafaqat mahalliy dehqon bozorlari, balki poytaxt bozor va supermarketlar, shu bilan birga eksportga ham sifatli mahsulotlar yetkazib berilmoqda. 

 Jumladan, Toshkent tumani aholisi ham bu borada o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanib, bu yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 579 gektar, aholi ixtiyoridagi ijara yerlarida esa 123 gektar maydonga sabzi ekilib, jami 702 gektar yerda hosil yetishtirdi. Hozirda maydonlardan umumiy hisobda 21 ming tonnadan ortiq mahsulot olinishi kutilmoqda.

Xususan, birgina “G‘ulommahmud Baraka” agrofirmasi tomonidan 114 gektar yerda to‘qsonbosti usulida sabzi yetishtirilgan bo‘lib, hozirda bu yerda hosil yig‘im-terim ishlari jadal olib borilmoqda. Pishib yetilgan sabzilar dalaning o‘zida saralanib, bevosita xorijiy bozorga jo‘natilmoqda.

Bu nafaqat mahalliy agroiqtisodiy jarayonlarning faollashganidan dalolat, balki mamlakatimizning xalqaro savdo maydonidagi ishonchli o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu kunlarda tumanning barcha hududlarida sabzi hosilini yig‘ish boshlangan. Oldinda esa bu hosilning xalqaro bozorlarda “Made in Uzbekistan” brendi ostida muvaffaqiyat bilan taqdim etilishi turibdi.

Majnuntol mahallasida jami 453 ta xonadon mavjud bo‘lib, 2 ming 996 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu hududda yashovchi aholi jami 18 gektar tomorqadan foydalanadi. 2025 yilning birinchi yarim yilligida aholi tomorqasidan oqilona foydalanish va ko‘p daromad olish, ishsizlar bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish  maqsadida 9 ta xonadonga 189 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan.

Masalan mahallaning Qamarniso ko‘chasida yashovchi Anvar Tohirov xonadonida jami 12 jon yashaydi. Oila a’zolari hammasining bandligi ta’minlangan bo‘lib, tomorqaning bir qarich xam bo‘sh joyi qolmagan. Bu oila mahalladagi hokim yordamchisi bilan maslahatlashgan holda issiqxona qurishga 33 million so‘mlik imtiyozli kredit olgan edi. Sa’y-harakatlar tufayli bugungi kunda yetishtirilgan pomidor mahsulotidan jami 50 million so‘mlik daromad olindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tinimsiz mehnat davomida sof foyda yiliga 100 million so‘mni tashkil etadi. 

– Daromad topishda ilk qadamlarni tashladik. Hozirda olingan mablag‘ evaziga chorvachilik va parrandachilikni yo‘lga qo‘yishni reja qildik. Buning uchun imkoniyat va eng avvalo, xohish bor. Daromad bo‘lgach birni-birga urib yangi rejalar tuzish o‘z-o‘zidan kelaveradi. Rejalar amalga oshgani sayin esa ro‘zg‘or ham, turmush ham chiroyli tarzda o‘tadi, – deydi Anvar Tohirov. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabzavot yetishtirishda imkoniyatlar oshmoqda