Sabina Sharipova xalqaro turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Turkiyaning Anqara shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Turkiyaning Anqara shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.S.Sharipova musobaqaning yakkalik bahslarida mezbon tennischisi Berfu Chengizni 3:6, 7:6, 6:3 hisobida yengdi. U ikkinchi davrada rossiyalik Vitaliya Dyachenko va chexiyalik Karolina Muchova o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida Sabina va rossiyalik Yekaterina Yashina isroillik Vlada Yekshibarova va rossiyalik yana bir tennischi Mariya Marfutina juftligini mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi.
Sabina va Yekaterina chorak finalda Veronika Kudermentova (Rossiya) hamda Aleksandrina Naydenova (Bolgariya) juftligi bilan raqotlashadi.