Sabina Sharipova xalqaro turnir g‘olibi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Sabina juftlik bahslari finalida Yekaterina Kazionova bilan tandem hosil qilgan holda rossiyalik Noel Saydenova hamda Darya Mishinani 7:5, 2:6, 10:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning yakkalik bahslarida Sabina Sharipova yarim finalgacha yetib bordi.
O‘zA