Sabina Sharipova: “Australian Open – 2018”da o‘ynayman
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova O‘zA muxbiri bilan suhbatlashdi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova O‘zA muxbiri bilan suhbatlashdi.– 2017-yil siz uchun juda omadli o‘tdi. Erishgan natijalaringizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
– Ha! Bu yilgi mavsum men uchun ulkan g‘alabalarga boy bo‘ldi va o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarga yetishdim. Afsuski, poytaxtimizda o‘tgan “Tashkent Open – 2017” turnirida biroz omad yetishmadi.
– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday bo‘lmoqda?
– So‘nggi ikki hafta davomida dam oldim. Hozirda chigalyozdi va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmoqdaman.
– Yangi mavsumni qaysi musobaqa bilan boshlaysiz va rejalaringiz qanday?
– Yanvar oyida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirida o‘ynayman. Shuningdek, yil davomida o‘tkaziladigan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi barcha musobaqalarda ishtirok etaman. WTA va ITF Woman’s tomonidan o‘tkaziladigan turnirlarda imkon qadar g‘alaba qozonishga harakat qilaman.