Ruziboyeva Guzal Sultonaliyevnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Ba’zi d-metallarning tiadiazol hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari» mavzusida
Ruziboyeva Guzal Sultonaliyevnaning «Ba’zi d-metallarning tiadiazol hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari» mavzusidagi 02.00.01–Noorganik kimyo va 02.00.04–Fizik kimyo ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 10-avgust kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43 uy.
Tel.: (+99876) 221-74-55, faks: (+99876) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz