Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Rustam Qosimjonov xalqaro turniri boshlandi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 70 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari mamlakatimizda intellektual jihatdan salohiyatli yoshlarni kamolga yetkazish, ularning iqtidorlarini namoyish etish borasida zarur shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. 

Bu, o‘tgan yili yurtimiz shaxmatchilari qo‘lga kiritgan yorqin g‘alabalarda aks etdi. Qolaversa, ushbu turnir ham ushbu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi hamdir.  

Ochilish marosimi davomida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga maxsus sovrin hamda mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovga tegishli diplom tantanali topshirildi.  

Shundan so‘ng xalqaro turnirning “Masters” va “Chellenjer” guruhlariga qur’a tashlash marosimi tashkil etildi. 

– Toshkentda ajoyib turnir bo‘lib o‘tayotgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Ayniqsa, musobaqa XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov turniri sifatida o‘tkazilayotgani biz shaxmatchilarni behad shod etdi. Musobaqada asosiy raqibim so‘zsiz Nodirbek Abdusattorov hisoblanadi. Bundan tashqari Rustam Qosimjonov va Shaxriyar Mamedyarov ham kuchli shaxmatchilar sanaladi, – deydi xalqaro turnir ishtirokchisi niderlandiyalik Jorden van Forest.  

– Mazkur turnir mening nomim bilan o‘tkazilayotganidan xursandman. Chunki musobaqalarda o‘zim ham ishtirok etyapman. Aytishim kerakki, hozirda yurtimiz shaxmatchilari har jihatdan xalqaro maydonda munosib natijalarni qayd etmoqda. Mana shunday turnirlarning ko‘payishi esa kuchli shaxmatchilar safi yanada ortishiga xizmat qiladi, – deydi jahon chempioni Rustam Qosimjonov.  

Turnir 9 turdan iborat bo‘lib, bugun kun davomida 5-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Ertaga esa har ikki guruhdagi qolgan 4 ta tur o‘yinlari tashkil etiladi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rustam Qosimjonov xalqaro turniri boshlandi