Ruminiya Qora dengiz uzra ikki dronni urib tushirdi
Ruminiya Qora dengiz uzra ikki dron urib tushirilganini e’lon qildi.
Bolgariyaning VTA axborot agentligi xabar berishicha, mudofaa vaziri Radu Mirutse ijtimoiy tarmoq orqali shunday yozgan:
– Ikki dron mamlakatimizga noqonuniy bostirib kirishidan bir necha lahza oldin Ruminiya harbiy-havo kuchlari uchuvchilari tomonidan Qora dengiz uzra nishonga olindi va urib tushirildi.
Binobarin, mulozim uchuvchisiz uchoqlar turi yoki rusumiga aniqlik kiritmagan.
Bu voqea qirg‘oq yaqinida ikki kimyoviy tankerga hujum qilingandan ikki kun o‘tib sodir bo‘ldi. “Reuters” ta’kidlashicha, so‘nggi payt NATO chap qanoti bo‘ylab savdo kemalariga xavf tug‘dirayotgan qator hujumlar kuzatilgan.
A.Mamatov, O‘zA