Rudi Garsiya: “Balogunning o‘zi kelib men bilan gaplashdi”
Balogunning JCH–2026 1/16 finalida Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (2:0) olgan qizil kartochkasi sabab berilgan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatgan edi.
Rudi Garsiya Folarin Balogun diskvalifikatsiyasi bilan bog‘liq bahsli vaziyatdan so‘ng futbolchining shaxsan o‘zi bilan suhbatlashganini ma’lum qildi.
“Flo Balogunning o‘zi oldimga kelib, bu vaziyat haqida gaplashdi. Bu menga yoqdi. Men unga bu holatda uning aybi yo‘qligini va u buning uchun javobgar emasligini aytdim. Uning o‘zi tashabbus ko‘rsatib suhbatlashgani hurmatga loyiq”, — dedi Garsiya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Intizom qo‘mitasi Balogunning JCH–2026 1/16 finalida Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (2:0) olgan qizil kartochkasi sabab berilgan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp FIFAga ushbu qaror uchun minnatdorlik bildirgan.
Bugun bo‘lib o‘tgan JCH–2026 1/8 final bahsida Belgiya milliy terma jamoasi AQSh milliy terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.