Ro‘zadorlar uchun iftorlik
Davlat rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, nuroniy otaxon-u onaxonlarni yo‘qlash va ular uchun iftorlik dasturxonlari yozish kabi xayrli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Chiroqchi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tumanning “Qahramon” mahallasida istiqomat qilayotgan ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Ikki yuzga yaqin ro‘zador taklif qilingan iftorlik dasturxonida tuman hokimi Nodir Erkayev ham ishtirok etdi.


Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan odamiylik, yaxshilik va mehru-saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, tinch va osoyishta hayotni qadrlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tumanning barcha mahallalarida o‘tkazilmoqda.
O‘lmas Barotov,
O‘zA.