Ro‘yxatga olishlardan keyin Yevropada emlash jarayoni boshlanadi
Yevroittifoqda koronavirus vaksinasi 2020 yilning dekabrida yoki 2021 yilning boshida ro‘yxatga olinadi.
Germaniya kanslerining bu xususdagi bayonotini Twitter tarmog‘iga nemis hukumati vakili Shteffen Zaybert joylagan.
Ro‘yxatga olishlardan keyin Yevropada emlash jarayoni boshlanishi mumkin. Angela Merkel vaksina haqidagi so‘nggi ma’lumotlar ijobiy ekanini ta’kidlab, Yevrokomissiya ishlab chiqaruvchilar bilan dastlabki kelishuvga erishganini qo‘shimcha qildi.