Rossiyalik boylar 2020-yilda jami 27,6 milliard dollar yoʻqotgan. Eng koʻp zarar koʻrgan milliarder “Lukoyl” xoʻjayinlaridan biri Vagit Alekperov boʻldi.

Rossiyalik boylar 2020-yilda jami 27,6 milliard dollar yoʻqotgan. Eng koʻp zarar koʻrgan milliarder “Lukoyl” xoʻjayinlaridan biri Vagit Alekperov boʻldi. RIA Novostining Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga koʻra maʼlum qilishicha, uning boyligi 8,5 milliard dollarga kamaygan.

Indeks milliarderlar hissador boʻlgan kompaniyaning aksiya narxlariga qarab hisoblanadi. Ayrim kompaniyalarda hisob-kitob kopitalizatsiyalashuv nisbati boʻyicha amalga oshiriladi yoki aksiyalar qiymati ularning daromad keltirishidan kelib chiqiladi. BBI reytingida dunyoning jami 500 ta boy odami keltirilgan. Ular orasida 24 nafar rossiyalik bor.

“Nornikel”ning asosiy egalaridan biri Vladimir Patanin 3,25 milliard dollar yoʻqotgan. Uning boyligi 24,8 milliard dollarga tushib qoldi. Shunday boʻlsa-da, u BBI roʻyxatda rossiyalik eng boy odam boʻlib turibdi.

Ikkinchi oʻrinda Vladimir Lisin bormoqda. Uning boyligi 456 million dollarga kamayib, 20,9 milliard dollarni tashkil etmoqda. Boylik yoʻqotish boʻyicha uchinchi oʻrin “Severstal”ning asosiy egasi Aleksey Mordashovga tegishli boʻldi. Uning boyligi 1,21 milliard dollarga kamayib, 18,7 milliardni tashkil etmoqda.

Rossiya boylari orasida beshinchi va oltinchi oʻrinni Alisher Usmonov (“Metalloinvest”, “Megafon”) va Roman Abramovich (Evraz) egallab turibdi. Ularning kapitali 18,3 milliard va 15,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Rossiya boylari oʻntaligini “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman yakunlagan. Uning davlati ayni paytda 13,4 milliard dollarni tashkil etadi. Mixail Fridman yil boshidan buyon 422 million dollar yoʻqotgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon 27,6 milliard dollar yoʻqotdi