Rossiya hududida xorijiy SIM-karta orqali aloqa xizmatidan foydalanishga cheklov joriy etildi. Bu haqda A1, MTS operatorlari ma’lum qilgan.

Belarus Axborotlashtirish va aloqa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tartib mobil internet va SMS xizmatiga taalluqli bo‘lib, uzluksiz amal qiladi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan mazkur chora 6 oktyabrdan kuchga kirgan.

“Mobile Research Group” tahlilchisi Ildar Murtazin “Vedomosti” nashri muxbiriga amalda cheklov muddati uzoqroq davom etishi mumkinligini aytgan.

– Hozircha xizmat tiklangani yo‘q, – deydi mutaxassis. – Fransiya va Kanada SIM-kartaslarida holat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Taqiq Rossiya hududida foydalanilayotgan ayrim xalqaro aloqa kanallariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

D.Hakimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada xorijiy SIM-karta uchun rouming cheklanmoqda