Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida dzyudo bo‘yicha an’anaviy "Russian Judo Tour" turniri o‘ndan ortiq davlat terma jamoalari ishtirokida o‘tkazildi. Unda 5 nafar polvonimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Jumladan, musobaqaning -100 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ernazar Sarsenbayev finalga qadar o‘tgan barcha janglarda raqiblarini taslim etib, so‘nggi hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Asan Augaliyev bilan to‘qnash keldi. Mazkur jangda ham o‘zbek o‘g‘lonining qo‘li baland keldi hamda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ayollar o‘rtasida vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvlarida Sevinch Isoqova finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi va kumush medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Kamoliddin Baxtiyorov -60 kg. vaznda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada uch polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi