Rossiyada sabzavot va mevalar narxi 2,32 foizga arzonlashdi, bu Iqtisodiy rivojlanish vazirligining "Amaldagi narxlar holati to‘g‘risida"gi bayonotida ma’lum qilindi.
Xabarlarga ko‘ra, 29 iyundan 5 iyulga qadar meva va sabzavot mahsulotlarining narxi 1,39 foizga, 6 iyuldan 12 iyulgacha bo‘lgan davrda 1,34 foizga pasaygan.
Ammo joriy yilning dekabridan boshlab 12 iyulgacha meva va sabzavotlar narxi 13,05 foizga o‘sgan.
Rossiya Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida kartoshka narxi 5,4 foizga, pomidor - 4,8 foizga, bodring - 4,5 foizga, piyoz - 2,4 foizga arzonlashgan. Shu bilan birga, oq karam narxi 4,2 foizga, sabzi 1,9 foizga, olma narxi 0,2 foizga o‘sgan.