Rossiyada prezidentlik saylovlari: kuzatuvchilar soni rekord darajaga yetdi
Rossiyada 18-mart kuni o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagidagi 1,5 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar ro‘yxatga olindi. Bu haqda Federatsiya Kengashining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachevga tayanib, RIA xabar bermoqda.
Rossiyada 18-mart kuni o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagidagi 1,5 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar ro‘yxatga olindi. Bu haqda Federatsiya Kengashining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachevga tayanib, RIA xabar bermoqda.“Rossiya Federatsiyasida o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovlarida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilarning umumiy soni 1,5 mingdan oshdi. O‘tgan safargi saylovlarda mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etgani inobatga olinsa, bu rekord degani”, deya qayd etgan Kosachev MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuvda.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish taklifi dunyoning 41 mamlakati va 6 xalqaro tashkilotiga, shuningdek, 500 ga yaqin xorijiy siyosatchilar va jamoat tashkilotlari vakillariga jo‘natilgan.