Rossiyada dronlar hujumi, Oyda yangi krater va Germaniyadagi xavfli topilma - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida dunyoda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan tanishasiz. Rossiyaning bir nechta hududlariga uyushtirilgan dron hujumlari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohat oldi. Moskva tomon uchgan uchta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi.
SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa bo‘lagi esa Oy yuzasiga kelib urildi. Hodisa natijasida diametri qariyb 18 metr bo‘lgan krater hosil bo‘lgani aytilmoqda.
Dasturimizda, shuningdek, Germaniyada portlovchi modda o‘rnatilgan dron aniqlangani, AQSH prezidenti Donald Trampning raketa zaxiralari bo‘yicha Pentagon rahbaridan tushuntirish talab qilgani, Xitoyda kirish va chiqish qoidalari kuchaytirilayotgani hamda xalqaro maydondagi boshqa muhim voqealar haqida so‘z boradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vXZhkJ_nP1M" title="Rossiyada dronlar hujumi, Oyda yangi krater va Germaniyadagi xavfli topilma - Xorij xabarlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA