Rossiya Yevropa Kengashidan rasman chiqarildi
Bu haqdagi qarorni tashkilot vazirlar qo‘mitasi yopiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qildi, deb xabar tarqatmoqda TASS agentligi.
Rossiyaning 16 martdan boshlab YeKga a’zoligi to‘xtatildi.
«Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasining bugun ertalab Yevropa Kengashi nizomining 8-bandiga muvofiq boshlagan tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari majlisida tomonlar Rossiya Federatsiyasining Yevropa Kengashiga a’zoligini to‘xtatish bo‘yicha qaror chiqarganini ma’lum qildi. Rossiya mazkur tashkilotga 26 yildan buyon a’zo bo‘lib kelayotgandi», — deyiladi xabarda.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi 10 mart kuni Yevropa kengashining parchalanib borayotganini ta’kidlab, Rossiyaning mazkur tashkilotga a’zoligini to‘xtatishi haqida e’lon qilgan edi.