Rossiya Yaponiyaning tamaki biznesini özlaştirmoqçi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "Japan Tobacco International" (JTI) kompaniyasiga tegişli 4 zavodni davlat nazoratiga ötkaziş töğrisida farmon çiqardi. Qariyb 4 000 xodim va rus tamaki bozorining 40 foiziga taʼsir körsatadigan uşbu qaror asosida korxonalar davlat bilan boğliq xolding boşqaruviga berildi.
RFda “Winston”, “Camel” va “Sobranie” kabi brendlarni işlab çiqaradigan JTI mamlakat bozoriga 1999-yil kirib kelgan. 2022-yil Ukrainada uruş boşlangaç, yangi sarmoya kiritilişi töxtagan bölsa-da, hali jamoa Rossiyadan çiqib ketmagan edi.
Bu xorijiy kompaniyalar mulki davlat boşqaruviga ötkazilişining navbatdagi holatidir. Avvalroq “Nestle”, “Auchan”, “Leroy Merlin” va “Metro” kompaniyalari aktivi ham şu tartibda nazoratga olingan. Moskva mazkur çorani Ğarb sanksiyasiga javob sifatida izohlaydi.
Musulmon Ziyo, ÖzA