Rossiya va Eron “Reşt Astara” temir yöli böyiça yangi kelişuvga erişdi
Rossiya va Eron Şimol – Janub xalqaro transport yölagining muhim qismi bölgan Reşt – Astara temir yöli loyihasida navbatdagi qadamni taşladi. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Tomonlar rossiyalik mutaxassislarga 162 kilometrlik butun yönaliş böylab muhandislik-qidiruv işi olib boriş imkonini beruvçi hujjatlar töplamini imzoladi. Bu haqda Rossiya Boş vaziri örinbosari Andrey Nikitin maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, loyiha uçun ajratilgan maydon allaqaçon RF tomoniga topşirilgan, yangi bitim izlaniş kölamini töliq qamrab oliş va zarur işlarni bajariş muddatini muvofiqlaştirişga imkon beradi.
Hozirgaça rus mutaxassislari hududda tayanç geodezik tarmoq yaratib, aerofotosuratga oliş amaliyotini yakunlagan. Ayni payt topografik va gidrometeorologik qidiruv davom etyapti. Bitim loyihalaştiriş va tayyorgarlik jarayonini tezlatadi, söngra quriliş boşlanadi.
Reşt – Astara çiziği “Şimol – Janub” yölagi ğarbiy qismida yetişmayotgan sönggi xalqani töldirişi bilan alohida ahamiyatga ega. Ozarbayjon orqali ötuvçi bu yöl RF va EIR temir yöl tarmoğini özaro boğlab, Fors körfazi portlariga bevosita va uzluksiz çiqişni taʼminlaydi.
Uşbu obʼektni quriş böyiça hukumatlar aro bitim Moskva va Tehron örtasida 2023-yil imzolangan. Qiymati 1,6 milliard yevrolik mazkur loyihaning 1,3 milliard yevrosi Rossiya tomonidan davlat krediti şaklida ajratilgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA