AQSH Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts ma’muriyatning yuqori martabali vakillari shu hafta Rossiya va Ukraina ziddiyatini bartraf qilish maqsadida Yevropa rasmiylari bilan uchrashishini bildirgan. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Ushbu e’londan bir kun oldin Amerika ommaviy axborot vositalari Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon orqali muzokara yo‘li bilan urushga barham berish masalasini muhokama qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Uolts ta’kidlashicha, hozir RF iqtisodiyoti yaxshi ahvolda emas. Tramp esa Putinni muloqotga chorlash uchun Moskvaga yangi “soliq, tarif va sanksiya joriy qilish”ga tayyor.

Maslahatchi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ajratilayotgan yordamning bir qismi to‘xtatilishi bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib, “biz xarajatni qoplashimiz kerak va bu ukrainaliklar bilan ularning tabiiy resurslari, nefti va gazi bo‘yicha kelishuvga ham bog‘liq” dedi.

Buyuk Britaniya chorshanba kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohida 50 ga yaqin hamkor davlatlardan iborat Ukraina mudofaasi aloqa guruhi 26-yig‘ilishini chaqiradi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina urushi qachon tugaydi?