Rossiya TIV Ukrainani ogohlantirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat chegarasida qurolli xurujga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida bayonot berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat chegarasida qurolli xurujga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida bayonot berdi.
Rasmiy OAVlarning yozishicha, Sergey Lavrov Ukrainaning ushbu harakatiga Rossiya qatʼiy javob qaytarishini maʼlum qilgan.
Rossiya TIV rahbari soʻzlariga koʻra, gap dekabr oyi soʻnggida chegarada ehtimol qilinayotgan qurolli xuruj haqida ketmoqda. Ayni holatda Rossiya Poroshenkoga Qrim aholisining huquqlarini buzishga yoʻl qoʻymaydi.
“Poroshenko rahnamolari unga “Ruslar Ukrainani bosib olayapti” degan taassurotlarni uygʻotuvchi izchil boʻlmagan harbiy harakatlarini uyushtirib turishni maslahat bermoqda”, degan Sergey Lavrov.
Hozircha Ukraina tomonidan mazkur bayonotga rasmiy munosabat eʼlon qilingani yoʻq.