Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon chempionatiga bormaydi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga bormasligini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jahon chempionatiga bormasligi aniq bo‘ldi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga bormasligini ma’lum qildi. Avvalroq AQSh rahbari Donald Tramp Oval kabinetida so‘zlagan nutqida Rossiya Federatsiyasi prezidentini joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga taklif qilishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va unda tarixda ilk bor 48ta terma jamoa ishtirok etadi.