NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Yevropadagi ittifoqchilar Rossiyani uzoq muddatli tahdid sifatida baholamoqda. 24 aprel kuni Vashingtonda Prezident Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng shu mazmunda bayonot bergan.

Avvalroq u o‘z qarorgohida a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida kechgan yig‘ilishdan so‘ng RF baribir, ya’ni Ukraina bilan urush tugasa ham biz uchun xavf bo‘lib qolaveradi, degandi.

NATO Rossiyaning koinotda ham sun’iy yo‘ldoshga qarshi yadro quroli joylashtirish niyatidan xavotirda.

– Bu nafaqat xavfli, balki 1967 yil imzolangan shartnomaga zid, – degan Bosh kotib. – RFning koinotdagi salohiyati anchagina kamtar. Shuning uchun fazoda yadro qurolini qo‘llash orqali bu kamchilikni yopishga harakat qilishi mumkin.

Shimoliy Atlantika alyansi rahbari Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy hamkorligidan jiddiy xavotir bildirgan. Bu uch mamlakat birga qurolli mashg‘ulot o‘tkazib, global barqarorlikka tahdid solayotganini aytgan.

– Xitoyning harbiy salohiyati shiddat bilan o‘smoqda, – degandi u o‘shanda. – Biz sodda bo‘lmasligimiz kerak.

AQSH NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi ishtiroki kuchayishini xohlamoqda. Bu esa tuzilma global miqyosda faollashuvini anglatadi.

Aftidan, dunyo o‘zgarmoqda, sayyoramiz xavfsizligini asrash dolzarb global masalaga aylanmoqda.

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya NATO uchun uzoq muddatli tahdidmi?