Rossiya gazi Serbiyaga yetkaziladi
Serbiya 1 iyungacha ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Vuchich kelishuviga ko‘ra, Rossiyadan 1 000 kub-metriga 270 dollardan gaz xarid qiladi, deb xabar bermoqda "REGNUM".
Rossiyaning Serbiyadagi elchisi Aleksandr Botsan-Xarchenko serb axborot manbalariga bergan intervyusida Moskva va’dasini bajarganini aytdi.
1 iyundan so‘ng Serbiyani nimalar kutishi bilan bog‘liq savolga javoban Botsan-Xarchenko bozorning o‘zgaruvchanligi tufayli bu haqda taxmin qilib bo‘lmasligini aytdi.
“Taxminimiz shunday: Serbiya uchun manfaatli yechim topiladi”, dedi Botsan-Xarchenko “K1” kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yozda ikki davlatning yangi uzoq muddatli bitimi imzolanishi rejalashtirilgan.