Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Eronga Rossiya gazini yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha strategik memorandum imzoladi. Bu haqda energetika xoldingi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu memorandum “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller boshchiligidagi delegatsiyaning Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida Eron ijroiya hokimiyati rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Moxber ishtirokida imzolandi.
«Bu hujjat «National Iranian Gas Company” (NIGC) bilan Rossiya tabiiy gazini Eronga quvur liniyasi orqali yetkazib berishni tashkil qilishni rivojlantirish to‘g‘risida bo‘lib, tomonlar kelajakda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Tashrif doirasida Miller va Eron neft vaziri Javad Ouji o‘rtasida ham ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar memorandumni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor qadamlar va energetika sohasida hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
O‘zA