Rossiya dollardan kechmaydi, lekin...
“Dollardan uzoqlashish niyatimiz yoʻq, dollarning oʻzi bizdan ketadi”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya chorlaydi!” forumida.
“Dollardan uzoqlashish niyatimiz yoʻq, dollarning oʻzi bizdan ketadi”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya chorlaydi!” forumida.
Unga koʻra, dollar hisob-kitoblaridagi hozirgi beqarorlik shu darajaga yetdiki, yaqin orada dunyoning koʻplab iqtisodiyotlari muqobil valyuta imkonini izlab, dollardan mustaqil hisob-kitob tizimini yaratishni istab qoladi.
Avvalroq Rossiya Banki rahbari Elvira Nabiullina rus iqtisodida dollarning maʼmuriy tartibda cheklanishiga qarshi chiqqandi, deyiladi “Rossiyskaya gazeta” xabarida.