Rossiya ayrim migrantlarni rus tili imtihonidan ozod qilmoqchi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim migrant ishchilarni rus tili, RF tarixi va qonunchiligi asosini bilishini isbotlash majburiyatidan ozod qiluvchi qonun loyihasini tayyorladi, deb yozgan RBK.
Bu qoida ustuvor rivojlanish hududlari (URH) rezidentlaridan ish uchun ruxsatnoma olgan chet elliklarga tegishli.
Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada yakka sanoat shaharchalari va yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmalar, shuningdek Uzoq Sharq va Arktikada mos ravishda 16 va 2 URH mavjud. Qonun loyihasi mualliflari ayni chora sarmoya jalb qilish orqali shunday hududlar rivojini tezlashtiradi, deb hisoblamoqda.
2025-yil maxsus hukumat me’yori bo‘yicha ishlaydigan muhojirlar imtihondan ozod qilingan edi. Boshqalar uchun test o‘tkazish tartibi esa kuchaytirilgan. Nashr ta’kidlaganidek, rus tili imtihoni endi ko‘proq tinglashdan iborat va ushbu bo‘lim uchun majburiy o‘tish ballari joriy etilgan.
Ta’lim va fan vazirligi o‘tgan yil oktabr-dekabr oylari oralig‘ida 200 000 dan ko‘p odam imtihon topshirganiga urg‘u bergan. Shundan 35,5 foizi birinchi sinovdan o‘ta olmagan, 87,9 foizi esa keyingi bosqichni muvaffaqiyatli topshirgan.
S.Rahimov, O‘zA