"Aeroflot" guruhiga kiruvchi "Rossiya" aviakompaniyasi may oyida Moskvadan O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlariga parvoz qilishni boshlaydi, deyiladi kompaniya tomonidan tarqatilgan xabarda, deb yozmoqda RIA Novosti.

Reyslar Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan Superjet 100 samolyotlarida bajariladi. Samarqandga parvoz 2 mayda, Buxoroga 11 mayda va Urganchga 13 mayda boshlanadi.  

Moskvadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar tashkil qilingani munosabati bilan 2 may kungi Sochidan Samarqandga, 10 may kungi Buxoroga va 13 may kungi Urganchga rejalashtirilgan parvozlar bekor qilinadi.  

Rossiyalik sayohatchilarga O‘zbekistonga kelish uchun xorijiy pasport va emlanganlik haqidagi sertifikat zarur bo‘ladi, test natijalari talab qilinmaydi.  

O‘zbekistonda "Sputnik V" va "Sputnik Layt" vaksinalari tan olingan, deyiladi xabarda. Emlanmagan mehmonlar uchun O‘zbekistonga kelish oldidan so‘nggi 72 soat ichida olingan PSR-testning manfiy natijasi bo‘lishi kerak. Ekspress-tahlil aeroportning o‘zida ham bor. Rossiyalik sayohatchilar O‘zbekistonga 60 kunga vizasiz kelishi mumkin. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga yangi reyslarni tashkil qiladi