“Rossiya-Afrika” ikkinchi sammiti ish boshladi
Sankt-Peterburgda ikkinchi “Rossiya – Afrika” sammiti va iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya Afrika qit’asining barcha mamlatlari rahbarlarini sammitga taklif qilgan. 49 davlat va mintaqaviy birlashma delegatsiyasi anjumandagi ishtirokini tasdiqladi. Forumning birinchi kunida qariyb 20 davlat va hukumat yetakchisi qatnashmoqda.
Sammitda don shartnomasi asosiy masalalar qatoridan o‘rin olgan.
Forum doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.
“Rossiya – Afrika” birinchi sammiti “Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot uchun” shiori ostida 2019 yil 23-24 oktyabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tgan.
O‘shanda Afrikaning 54 davlati delegatsiyasi, jumladan 45 nafar davlat va hukumat rahbari to‘plangan edi.
Aholi soni bo‘yicha Yevrosiyodan keyin turadigan mintaqa – Afrikada 1,4 milliarddan ziyod kishi, dunyo aholisining 18 foizi istiqomat qiladi.
Ekspertlar bahosiga ko‘ra, qit’ada dunyo neft zaxirasining 12, oltinning 42, marganetsning 12, uranning 19, xromning 48.4, titanning 44.6, olmosning 52.5 foizi yashiringan.
O‘tgan asr 90-yillarida sobiq Sovet Ittifoqi aksariyat Afrika davlatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmini oshirgan, milliy-ozodlik va mustamlakachilikka qarshi kurashda afrikaliklarni siyosiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. 1991 yildan keyin Rossiya va Afrika davlatlari o‘rtasidagi munosabat susaygan edi.
O‘zA