Ronaldu yangi rekordlarni o‘rnatmoqda
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning instagram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilari soni 250 millionga yetdi.
35 yoshli futbolchi bu ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi birinchi va yagona shaxsga aylandi.
Mashhurlik bobida ikkinchi o‘rin qo‘shiqchi Ariana Grandega nasib qildi. Bu qizning instagramdagi sahifasini 214 million kishi kuzatib boradi.
Yana bir taniqli aktyor va sportchi Dueyn Jonsonning instagramiga a’zo bo‘lganlar soni 209 million nafarga yetgan.
Ronaldu yaqinda Globe Soccer portali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, XXI asrning eng zo‘r futbolchisi, deb e’tirof etilgandi.
O‘zA